Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 Rossiya O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda

Rossiya O‘zbekistonda dori vositalari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha Ishchi guruh yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Uchrashuvda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, uning o‘rinbosari Dmitriy Volvach hamda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov ishtirok etdi.

«Muzokaralardagi asosiy yo‘nalishlardan biri O‘zbekistonda farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy texnika ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘ldi. Rossiya tomoni 2025 yildan 2034 yilgacha bo‘lgan davr uchun kafolatli xarid shartlari bilan mahalliylashtirishga mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxatini tayyorlamoqda», — deyiladi Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi maʼlumotida.

Loyiha mintaqada farmatsevtika mahsulotlarining barqaror yetkazib berish tizimini shakllantirish, texnologik kooperatsiyani rag‘batlantirish va O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi sanoat bazasini mustahkamlashga qaratilgan.

Tomonlar mazkur tashabbusning amalga oshirilishi o‘zaro investitsiyalar o‘sishiga xizmat qilishi hamda respublikada tibbiy infratuzilmani modernizatsiya qilishga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling