Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Novosibirsk va Moskva (Rossiya) shaharlarida ota-ona qaramog‘isiz qolgan uch nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar berdi Milliy ijtimoiy himoya agentligi matbuot xizmati.
Bolalar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga yotqizilib, so‘ng ota-onalariga topshirildi.
Aniqlik kiritilishicha, voyaga yetmaganlar ota-onasining yaqin qarindoshi tomonidan berilgan ishonchnoma asosida Rossiyaga ketishgan.
Biroq, Rossiyada ishonchnoma qonuniy kuchga ega emasligi sababli, bolalar ota-ona qaramog'isiz qolgan deb tan olingan.
“Inson” ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlarida O‘zbekistonga qaytgan bolalar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatilmoqda.