Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 22/01/2025 Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri Andrey Belousov rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar bermoqda Rossiya Mudofaa vazirligi.

Tashrif doirasida Rossiya harbiy idorasi rahbari Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Shuhrat Halmuxamedov va mamlakatning harbiy-siyosiy rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif davomida Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni ta’minlash masalalari, shuningdek, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling