Valyuta kurslari 18/03/2025
$1 – 12943.39
UZS – -0,08%
€1 – 14108.30
UZS – 0,36%
₽1 – 153.70
UZS – 1,7%
Qidirish
Iqtisod 06/02/2025 Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

Respublikaning qaysi hududlarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni ko‘proq?

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 14 871 tani tashkil etdi, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Bunda eng ko‘p korxona poytaxt Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan — 9 676 ta. Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati joylashgan bo‘lib, bu yerda 1 773 ta korxona mavjud. Uchlikni Samarqand viloyati yakunlaydi — 570 ta korxona.

Qolgan hududlardagi holat quyidagicha:

Surxondaryo viloyati — 483 ta

Farg‘ona viloyati — 456 ta

Buxoro viloyati — 315 ta

Andijon viloyati — 308 ta

Navoiy viloyati — 244 ta

Namangan viloyati — 217 ta

Jizzax viloyati — 201 ta

Sirdaryo viloyati — 200 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 155 ta

Qashqadaryo viloyati — 140 ta

Xorazm viloyati — 133 ta

Shu tariqa, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahri va unga yaqin hududlarda jamlangan bo‘lib, bu hududlar xorijiy sarmoyalar uchun eng jozibador ekanligini ko‘rsatmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling