Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Iqtisod 24/01/2025 “Respublika Ko‘p Tarmoqli Agrosanoat Birjasi” AJ litsenziyasi to‘xtatildi

“Respublika Ko‘p Tarmoqli Agrosanoat Birjasi” AJ litsenziyasi to‘xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasining «Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Raqobat qo‘mitasi tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini litsenziyalovchi vakolatli organ hisoblanadi.

Qo‘mita tomonidan “Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJ tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha belgilangan litsenziya talablariga to‘liq rioya etmaganligi sababli Jamiyatga birja faoliyati uchun berilgan litsenziyani vaqtinchalik to‘xtatib turish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.

Sudning hal qiluv qarori bilan, Qo‘mita tomonidan “Respublika ko‘p tarmoqli agrosanoat birjasi” AJga birja faoliyati uchun berilgan litsenziyaning amal qilish muddati olti oy muddatgacha to‘xtatildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling