Valyuta kurslari 01/05/2025
$1 – 12920.16
UZS – -0,1%
€1 – 14681.18
UZS – -0,26%
₽1 – 158.61
UZS – 0,21%
Qidirish
O‘zbekiston 30/04/2025 “RENERA” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda litiy-ion akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi

“RENERA” kompaniyasi bilan O‘zbekistonda litiy-ion akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Innoprom. Markaziy Osiyo – 2025" xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida yurtimiz sanoat tarmoqlari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hamkorlik uchrashuvlari davom etmoqda.

Jumladan, ko‘rgazmaning navbatdagi ish kunida "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov va Rossiyaning “RENERA” kompaniyasi Sotuv bo‘yicha direktor o‘rinbosari A. Pavlyuk o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda zamonaviy energiya manbalariga ehtiyoj ortib borayotgan bir sharoitda, O‘zbekistonda litiy-ion akkumulyatorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.

Faridun Abdualimov mehmonlarga mamlakatimizda elektrotexnika sanoatining jadal rivojlanayotgani, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan talabning ortishi va energiya saqlovchi mahsulotlarga ehtiyoj yuqoriligi haqida batafsil ma’lumot berdi.

“RENERA” kompaniyasi zamonaviy akkumulyatorlar va energiya saqlash tizimlarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha Rossiyada yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uchrashuvda tomonlar birgalikda ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish, texnologiya transferi va malakali mutaxassislar tayyorlash borasida hamkorlik qilish ehtimollari yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Shuningdek, RENERA kompaniyasi vakillariga O‘zbekistondagi sanoat zonalarining infratuzilmasi, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, imtiyozli rejimlar haqida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish va istiqbolli texnologik loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling