Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
Sport 03/03/2025 Red Bull Jump & Freeze 2025: «CO2 Ovchilari» muzdek suvdagi ekstremal suzish g‘olibi bo‘ldi

Red Bull Jump & Freeze 2025: «CO2 Ovchilari» muzdek suvdagi ekstremal suzish g‘olibi bo‘ldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 1 mart kuni qishki ekstrim va koʻngilochar tadbirlar ishqibozlari Toshkent viloyatidagi Amirsoy Resort togʻ-changʻi kurortida yigʻilib, Red Bull Jump & Freeze musobaqasida ishtirok etishdi. Bu musobaqa oʻzining oʻziga xosligi va erkin shoʻngʻish elementlari bilan ajralib turadigan yagona qishki tadbirdir. Bu yilgi gʻoliblikni ilk bor “CO2 Ovchilari” jamoasi qoʻlga kiritdi.

Red Bull Jump & Freeze – bu yurakni junbushga keltiradigan musobaqa boʻlib, unda ishtirokchilar qor yotgan balandlikdan toʻgʻri muzdak suv bilan toʻldirilgan hovuzga shoʻngʻishadi. Buning oʻzi kamdek tuyulishi mumkin, ammo eng qizigʻi shuki – qatnashchilar buni jamoa bilan birga qoʻlbola transport vositasida amalga oshirishlari lozim. Hayratomuz sakrashlar, tezlik va kreativ obrazlar – bularning barchasi hakamlar tomonidan baholanadi. 2025 yilgi musobaqada “CO2 Ovchilari” jamoasi oʻz gʻoyasi va ijrosi bilan ham hakamlar, ham tomoshabinlar qalbini zabt etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

-“Biz bu tadbirga uzoq tayyorlandik, ammo oxirgi paytda kontseptsiyani toʻliq oʻzgartirishga toʻgʻri keldi. Shu bois, «bolid»ni bir kechada qayta yaratdik,” – deydi jamoa kapitani Ruslan Denisov. “Shunga qaramay, biz gʻalaba uchun keldik va ishtirokdan cheksiz zavq oldik. Barchani qatnashishga chaqiramiz va kelasi yili yana bu yerga qaytamiz!”

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling