Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
O‘zbekiston 28/12/2024 Rasul Kusherboyev Checheniston rahbarining tahdidlari tufayli O‘zbekiston rasmiylarini chora ko‘rishga chaqirdi

Rasul Kusherboyev Checheniston rahbarining tahdidlari tufayli O‘zbekiston rasmiylarini chora ko‘rishga chaqirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Odiljon Tojiyev Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning o‘zbek amaldorlariga ochiqdan ochiq tahdidiga munosabat bildirib, u O‘zbekiston xalqidan uzr so‘rashi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

«Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashishi, shuningdek, o‘zbek davlat amaldorlariga nisbatan tahdid bildirishi yoki bosim o‘tkazishini mutlaqo qoralayman. Bunday harakatlar ikki do‘st davlat munosabatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va har ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalarga zarar yetkazishi mumkin.

Men Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasidan Ramzan Qodirovning o‘zbek mulozimlariga taxdidi yuzasidan xolatga huquqiy baho berishini so‘rayman.

Bundan tashqari, Ramzan Qodirov o‘zining kechagi munosabati uchun O‘zbekiston xalqidan ochiqdan ochiq uzr so‘rashi kerak. Shu bilan birga agar u do‘st bo‘lsa O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga qidiruvda bo‘lgan Beslan Rasayev va Shamil Temirxanovni topishda amaliy yordam berishi va uni O‘zbekistonga topshirishi lozim», deb yozgan deputat.

Ilgari ma’lum qilinganidek, Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, chechen millati vakillari Bislan Rasayev va Shamil Temirxanov O‘zbekiston tomonidan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan. Ularga jinoyat kodeksining bir necha moddalari bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan.

Manbalar ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxslarga Komil Allamjonov va NAPP rahbari Dmitriy Lini o‘ldirishni tashkil etish uchun $1,5 mln taklif qilingan.

2024-yil 26-dekabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bayonot bilan chiqdi. U suiqasd ishi bo‘yicha "chechen izi" haqidagi ayblovlarni rad etdi, biroq Dmitriy Li va Komil Allamjonovga nisbatan keskin bayonotlar berib, ularni "qurbon sifatida ko‘rsatishni bas qilishlarini" talab qildi va ular "an’analarimiz bo‘yicha javob beradi", deb tahdid qildi.

O‘zbekiston ekologiya vaziri maslahatchisi va sobiq deputat Rasul Kusherboyev ham Qodirovning bayonotiga munosabat bildirdi.

2024-yil 27-dekabr kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Bislan Rasayev va Shamil Temirxanov xalqaro qidiruvga berilganini tasdiqladi. Bu tergov qilingan ishda "chechen izi" mavjudligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, 26-oktyabr kuni Toshkent viloyatida Komil Allamjonov o‘tirgan Range Rover avtomashinasi noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan edi. Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasining axborot siyosati departamentining sobiq rahbari hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling