Valyuta kurslari 26/12/2024
$1 – 12928.27
UZS – 0,14%
€1 – 13462.21
UZS – 0,35%
₽1 – 129.66
UZS – 0,44%
Qidirish
Texnologiyalar 22/11/2024 Raqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA o‘rtasida hamkorlik masalari ko‘rib chiqildiRaqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA o‘rtasida hamkorlik masalari ko‘rib chiqildi

Raqamli texnologiyalar vazirligi va KOICA o‘rtasida hamkorlik masalari ko‘rib chiqildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov hamda KOICA (KOREA INTERNATIONAL COOPERATION AGENCY) direktor o‘rinbosari Ms. Park bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda raqamli ta’limni rivojlantirish, Raqamli texnologiyalar ta’lim markazlarini (DTEC) yangilash va modernizatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, loyiha doirasida hududlarni Raqamli ta’lim markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika va ingliz tilini o‘qitish uchun talab etiladigan AKT jihozlarini xarid qilish rejalashtirilgan.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA)ning asosiy vazifasi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va turli grantlar va texnik hamkorlik dasturlari orqali rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini oshirishdan iborat.

Ushbu qo‘shma yondashuv ikkala tashkilotning kuchli tomonlarini birlashtirib, O‘zbekistonda raqamli inklyuziya va barqaror rivojlanishga qaratilgan muammolarni hal etishdagi umumiy majburiyatini aks ettiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling