Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Madaniyat 15/03/2025 Quvayt kompaniyasi Farg‘ona viloyatida film suratga olishni rejalashtirmoqda

Quvayt kompaniyasi Farg‘ona viloyatida film suratga olishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quvaytning “Ebla international” kompaniyasi rahbari Hilal Arnaut boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Unda kino sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Quvayt o‘rtasidagi manfaatli va do‘stona aloqalar ko‘plab sohalarda kengayib borayotgani, xususan, kino va sanʼatdagi qo‘shma loyihalar bunda muhim o‘rin tutishini taʼkidladi.

Uchrashuvda mazkur kompaniya O‘zbekistonning boy tarixi, milliy davlatchiligi haqida kino va seriallar yaratish borasida loyihalar boshlayotgani, xususan, Farg‘ona viloyatida ham kino olish imkoniyatlari bo‘yicha fikr almashildi.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling