Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Xidoyatov Qirg‘izistonga tashrif buyurdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Xidoyatov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo’lib turibdi. Mazkur tashrif Qirg‘izistonda qurilish sohasidagi birinchi davlat organi tashkil etilganining 100 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy- joy kommunal xo’jaligi vaziri Sherzod Xidoyatov hamda Qirg‘iziston Respublikasi Qurilish, arxitektura va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Nurdan Oruntaev ishtirokida o’tkazilgan samimiy muloqotda tomonlarni qiziqtirgan qator masalalar muhokama etildi.
Eslatim o’tamiz, tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi bir qator qurilish obyektlari bilan tanishishi, shuningdek, qurilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muzokaralarda ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Qirg‘iziston Qurilish vazirligining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bugun, 1-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.