Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
O‘zbekiston 04/03/2025 Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun (O‘RQ-1042-son, 03.03.2025 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

Qonunga ko‘ra, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.

Bunda:

O‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ғ ғ --- ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish:

- mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa:

mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling