Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi.
Aeroportda davlatimiz rahbarini Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov kuzatib qo‘ydi.
Bugun "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammiti doirasida o‘tkazilgan tadbirlarda Prezidentimiz mintaqa mamlakatlari va Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali va amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.