Valyuta kurslari 30/04/2025
$1 – 12933.16
UZS – -0,12%
€1 – 14719.23
UZS – 0,16%
₽1 – 158.28
UZS – 0,86%
Qidirish
Iqtisod 24/03/2025 Qozog‘istondagi ko‘rgazmada 60 dan ortiq o‘zbek kompaniyasi mahsulotlarini namoyish etmoqda

Qozog‘istondagi ko‘rgazmada 60 dan ortiq o‘zbek kompaniyasi mahsulotlarini namoyish etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 22-25 mart kunlari Qozog‘istonning Oqtau shahrida “Made in Uzbekistan” yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir mamlakatimizning eksport salohiyatini namoyish etish, aholini arzon va sifatli mahsulotlar bilan taʼminlash, shuningdek, O‘zbekiston va Qozog‘iston tadbirkorlari o‘rtasida yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishga yordam berish maqsadida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida tashkil etildi.

🇺🇿 To‘rt kun davomida yarmarkada respublikamizning barcha hududlaridan 60 dan ortiq korxona mahsulotlari namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar oziq-ovqat, to‘qimachilik, hunarmandchilik, charm, elektrotexnika, qurilish va mebel sanoatining yuqori sifatli mahsulotlarini xarid qilish imkoniga ega.

“Made in Uzbekistan” yarmarkasi milliy mahsulotlarni ommalashtirish, raqobatbardoshligini namoyish etish, Qozog‘istonlik hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling