Valyuta kurslari 04/03/2025
$1 – 12897.20
UZS – 0,06%
€1 – 13449.20
UZS – 0,36%
₽1 – 144.65
UZS – -1,24%
Qidirish
O‘zbekiston 03/03/2025 Qozog‘istonda is gazidan zaharlanib halok bo‘lganlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan

Qozog‘istonda is gazidan zaharlanib halok bo‘lganlar orasida bir nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘istonning Mangistau viloyatida is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo‘lganlar orasida faqat oila boshlig‘i O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgani maʼlum qilindi, deb yozadi Kun.uz.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istonda sodir bo‘lgan mazkur fojiada bir nafar O‘zbekiston fuqarosi jabrlanganini tasdiqladi.

Hodisa 2 mart kuni Baskuduq qishlog‘idagi xususiy uyda sodir bo‘lgan. Oqibatda yetti kishi, jumladan, besh nafar voyaga yetmagan bola halok bo‘ldi. Ilk maʼlumotlarga ko‘ra, fojianing sababi gaz uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish bo‘lgan.

Halok bo‘lganlarning barchasi bir oila aʼzolari ekani maʼlum qilindi. O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston fuqarosi bilan turmush qurgan bo‘lib, mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma asosida istiqomat qilgan. Oilada besh nafar farzand tarbiyalanayotgan edi va ular ham zaharlanish oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.

Hozirda vakolatli organlar voqea tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha tergov harakatlarini olib bormoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling