Valyuta kurslari 23/04/2025
$1 – 12878.96
UZS – -0,24%
€1 – 14801.79
UZS – -0,71%
₽1 – 158.39
UZS – -0,85%
Qidirish
Iqtisod 20/04/2025 Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘iston va O‘zbekiston temir yo‘l transporti sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —  “Qoʻzogʻiston temir yoʻllari yoʻlovchi tashish” AJ delegatsiyasi “Temiryoʻlekpress” AJ ga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston temir yoʻllar tizimida olib borilayotgan islohotlar, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasidagi tashabbuslar hamda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Suhbat chog‘ida delegatsiyalar o‘zaro tajriba almashib, istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr yuritdilar.

Mazkur uchrashuv ikki mamlakat temir yoʻl sohasidagi aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz. Shuningdek, tashrif buyurgan delegatsiya vakillari “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJ ga qarashli poyezdlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish dasturiga, jarayonni yanada samarali qilish uchun raqamli texnologiyalarga va tajriba almashish boʻyicha qiziqish bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling