Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qozog‘istonning Transport vazirligi Qozog‘iston tashuvchilari uchun O‘zbekistonga kirishda yig‘imlar joriy etilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘iston va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida 2007-yilda imzolangan xalqaro avtomobil aloqasi to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq, ikki davlat tashuvchilari yo‘l to‘lovlari uchun yig‘imlardan tashqari boshqa barcha yig‘im va to‘lovlardan ozod qilingan.
Shu tariqa, Qozog‘iston tashuvchilariga O‘zbekiston hududida qo‘shimcha yig‘imlar undirilmaydi.