Valyuta kurslari 22/01/2025
$1 – 12984.44
UZS – 0,07%
€1 – 13442.79
UZS – 0,52%
₽1 – 129.90
UZS – 1,78%
Qidirish
Moliya 21/01/2025 Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

Qonunchilik palatasi O‘zbekistonning Yevroosiyo taraqqiyot bankiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston infratuzilma, energetika va sanoat sohalarini rivojlantirishda uzoq muddatli investitsiya manbalarini diversifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishning moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni maqsad qilgan.

Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisda ko‘rib chiqilgan — “O‘zbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi mana shu muhim tashabbusning ijrosiga qaratilgan.

Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasining muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir xalqaro moliya tashkilotiga a’zo bo‘lib kirishining, ushbu tuzilma imkoniyatlaridan milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish maqsadida foydalanishining huquqiy asosini yaratisjga qaratilgan

Xususan, 7 milliard dollar ustav kapitaliga ega Yevroosiyo taraqqiyot bankining asosiy maqsadi a’zo davlatlarda investitsion loyihalarni moliyalashtirish bo‘lib, bu yo‘nalishda bank “yashil iqtisodiyot”, transport-logistika, muqobil enegretika, raqamli transformatsiya, qishloq xo‘jaligi sohalaridagi loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha investitsion faoliyatni olib borishga qaratilgan.

Bu yo‘nalishda 2016-yildan to shu kunga qadar bank 15 millard dollarlik moliyalashtirishni amalga oshirgan. Ahamiyatlisi shundaki, bank a’zo davlatlar milliy valyutasida hisob kitoblarni amalga oshirish tizimini ham yo‘lga qo‘ygan.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling