Valyuta kurslari 20/08/2025
$1 – 12524.92
UZS – 0,22%
€1 – 14630.36
UZS – 0,22%
₽1 – 155.96
UZS – 0,16%
Qidirish
O‘zbekiston 20/08/2025 Qonunchilik palatasi “Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi

Qonunchilik palatasi “Atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ma’qulladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilgan navbatdagi hujjat — atom energiyasidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi bo‘ldi.

Mamlakatimizda atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish, uning xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda xalqaro standartlarga mos huquqiy asoslarni yaratish, boshqaruv tizimi va nazorat mexanizmlarini isloh qilish, sohadagi barcha ishtirokchilarning vakolat va majburiyatlarini aniq belgilashga alohida e’tibor qaratilayotir.

Mazkur qonun loyihasi bilan atom energiyasidan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini takomillashtirish, uni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish nazarda tutilmoqda. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli organ sifatida belgilanyapti.

Shu bilan birga, loyiha bilan davlat organlari, vazirlik va idoralarning nomlari hamda huquqiy atamalar amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirilmoqda. Shuningdek, yuridik-texnika qoidalaridan kelib chiqib, normalarni aniqlashtirish va ular o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash maqsadida tegishli o‘zgartishlar kiritilyapti.

Muhokamalar jarayonida qonun loyihasi atom energiyasidan foydalanish sohasida huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish, davlat boshqaruvi va nazoratining samarali yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash hamda sohadagi munosabatlarni zamon talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratilgani ta’kidlandi.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling