Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida reklama qonunchiligi buzilish holati aniqlandi.
Jumladan, “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot reklamasida bemorlar shifo topayotganligi ko‘rsatilganligi dori vositalari hisoblanib, davolash xossalariga ega degan taassurotni uyg‘otib, ularni qo‘llash natijasida odamlar davolanganligiga, ularni ahvoli yaxshilanganligiga doir muayyan hollarga havolalarni o‘z ichiga olganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “MO‘JIZA HONEYMOON” MCHJga nisbatan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jarima qo‘llash xaqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.