Valyuta kurslari 26/08/2025
$1 – 12305.80
UZS – -0,42%
€1 – 14389.17
UZS – 0,41%
₽1 – 152.56
UZS – -0,61%
Qidirish
O‘zbekiston 26/08/2025 Qirg‘izistonlik kinologlar Milliy kinologiya markazida malaka oshirishadi

Qirg‘izistonlik kinologlar Milliy kinologiya markazida malaka oshirishadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markazida Qirg‘iziston Respublikasi Bojxona xizmati kinologlari uchun bir oylik o‘quv kursi o'z ishini boshladi. Unda kinologlar “CITES” xalqaro konvensiyasiga kiritilgan “Yovvoyi fauna obyektlarini qidirish” yo‘nalishi bo‘yicha tayyorgarlikdan o‘tadi.

O‘quv seminarlarining ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Zoologiya instituti, “Flora va Fauna” xalqaro tashkiloti, "EKOMAKTAB" ekologiya-resurs markazi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Seminar doirasida qirg‘izistonlik kinologlarga o‘quv jarayonida foydalanish uchun xizmat itlari topshirildi. 

Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti Milliy kinologiya markazi va ishtirokchilarga Markaziy Osiyo yovvoyi fauna obyektlarining namunalari jamlanmasidan iborat o‘quv qurollarini taqdim etdi.

Eslatib o'tamiz, Milliy kinologiya markazining xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari tobora kengayib borishi bilan bir qatorda xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish va qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirish izchil davom ettirilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling