Valyuta kurslari 28/08/2025
$1 – 12412.98
UZS – 0,47%
€1 – 14386.64
UZS – 0,01%
₽1 – 154.28
UZS – 0,23%
Qidirish
Iqtisod 28/08/2025 Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Qirg‘izistondan noqonuniy olib kelingan 19 kg tilla buyumlar to‘xtatib qolindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat chegaralarini qo‘riqlash va tovar-moddiy boyliklar kontrabandasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Xususan, Farg‘ona tumanida yashovchi, 1991 y.t. va 1993 y.t. ikki nafar fuqaro qo‘lga olinib, ulardan qo‘shni Qirg‘iz Respublikasidan noqonuniy ravishda davlat chegarasi orqali mamlakatimizga olib o‘tilgan taxminiy qiymati 20 mlrd so‘mlik, umumiy og‘irligi 19 kg 119 gr bo‘lgan tilla zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Hozirda olingan daliliy ashyolar ekspertizaga yuborilib, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling