Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qatardagi elchixonamiz mas’ullaridan iborat delegatsiya a’zolarining Qatar Ichki ishlar vazirligi Pasport bosh boshqarmasi boshlig‘i, general Muhammad Ahmat al Atiq ad-Dusariy bilan bo‘lgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
Muloqotda, Qatarda vaqtinchalik ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning ishchi vizalarini olish tizimini yengillashtirish masalalari muhokama qilindi.
“Qatar davlati Mehnat va Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistonlik yoshlarni mamlakatimiz kompaniyalariga ishga joylashtirishni qo‘llab-quvvatlaydi va ularga viza berish jarayonini maksimal yengillashtirib 10 kun ichida taqdim qilamiz”, - dedi Genaral Dusariy.