Valyuta kurslari 31/01/2025
$1 – 12957.01
UZS – -0,09%
€1 – 13485.66
UZS – -0,05%
₽1 – 132.13
UZS – -0,14%
Qidirish
O‘zbekiston 30/01/2025 Qashqadaryoda mahalliylashtirish doirasida yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Qashqadaryoda mahalliylashtirish doirasida yangi gidroenergetik quvvat ishga tushirildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 28-yanvar kuni elektr energetikasini 2025-2035-yillarda rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda mamlakatimizda so‘nggi sakkiz yilda elektr ishlab chiqarish 38 foizga oshib, 81,5 milliard kilovatt soatga yetganligi, xususiy sektorga keng yo‘l ochilgani tufayli 11,2 gigavattli qo‘shimcha quvvat yaratilganligi, natijada bu sektorning generatsiyadagi ulushi 24 foizga, “yashil” energiya hissasi esa 16 foizga yetganligi qayd etildi.

Aytish joizki, bu borada, mamlakatimizda ekologik toza, arzon va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish hamda mavjud quvvatlarni oshirishga alohida eʼtibor qaratilib, “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mahalliylashtirish doirasida keng ko‘lamli amaliy faoliyat olib borilmoqda.

tomonidan rejaviy asosda hududlarda kichik va mikro shakldagi yangi GESlar barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.

Bugun, 30-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida, Hisorak suv ombori qoshida yangidan barpo etilgan Hisorak kichik GESning rasmiy ochilish marosimiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Achilbay Ramatov, «O‘zbekgidroenergo» AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov, Qashqadaryo viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Murodullo Azizov, Shahrisabz tumani hokimligi hamda hududiy tizim korxonalari mutasaddilari, soha mutaxassislari, mahalliy aholi hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Murodullo Azizov ochib berdi hamda yurtimizda Prezidentimiz rahnamoligida energetika sohasi, xususan, “yashil” energetika manbalarini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilayotganligini, bu borada, “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga muhim hissa qo‘shayotganligini alohida qayd etdi.

So‘zga chiqqan “O‘zbekgidroenergo” AJ tizim tashkiloti “Gidroqurilish buyurtmachi xizmati” MChJ direktori Vohidjon Ahmadjonov tomonidan xalqimizga xizmat qilish yuksak sharaf ekanligi, gidroenergetika tarmog‘i “yashil energetika”ning muhim manbai ekanligi, Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi endilikda to‘laqonli mahalliylashtirish doirasida bajarilayotganligi, hududlarda qurilayotgan kichik va mikro GESlar loyihalarida milliy kontentdan samarali foydalanilayotganligi taʼkidlandi.

“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan Shahrisabz tumani iqtisodiy-ijtimoiy rivoji hamda mahalliy aholi farovonligi uchun energetik quvvati 3,5 MVtga teng, yiliga o‘rtacha 17,5 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi Hisorak kichik GES foydalanishga topshirildi.

Hisorak kichik GES qurilishi to‘liq mahalliylashtirish doirasida Jamiyat tomonidan amalga oshirildi. Loyihalash va qurilish-montaj ishlari tizim tashkilotlari “Gidroproyekt” AJ hamda «Gidroqurilish buyurtmachi xizmati» MCHJ tomonidan bajarildi.

GESning loyihaviy qiymati 1,5 mln. dollarga teng. Yangi GESda 6 ta ish o‘rni yaratildi. GES faoliyati yiliga o‘rtacha 5 mln. m3 tabiiy gaz iqtisod qilinishiga zamin yaratadi.

Ishga tushirilgan mazkur GES tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiya 7 300 ta xonadonni nurafshon qilishga xizmat qiladi.
 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling