Valyuta kurslari 09/01/2025
$1 – 12962.98
UZS – 0,11%
€1 – 13377.80
UZS – -0,92%
₽1 – 123.68
UZS – 2,21%
Qidirish
Iqtisod 06/01/2025 Qashqadaryo viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasining qurilishi yakunlandi

Qashqadaryo viloyatida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasining qurilishi yakunlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida quvvati 500 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasining qurilishi yakunlandi.

Loyiha Xitoyning China Energy Engineering Corporation (CEEC) kompaniyasi ishtirokida amalga oshirilib, unga 336 million AQSH dollari sarflangan. Loyiha uch bosqichda amalga oshirildi. 2023-yil dekabr oyida tugallangan birinchi bosqichda 1 ming gektardan ortiq maydonda 200 MVt quvvat ishga tushirildi. 2025-yilda stansiya to‘liq 500 MVt quvvatga erishdi.

CEECning qurilish va montaj ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xuang Sen Lin ta’kidlashicha, kompaniya Buxoro, Farg‘ona, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshirilayotgan 13 loyihada ishtirok etmoqda.

«O‘zbekistonda qulay biznes muhiti yaratilgani va zarur shart-sharoitlar ta’minlangani tufayli uch bosqichli loyihani qisqa muddatlarda yakunlashga erishdik», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur loyiha eng yiriklardan biri bo‘lib, energiya manbalarga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabni qondirishga xizmat qiladi. «500 MVt quvvatli bu elektr stansiyasi bozorni barqarorlashtirishga yordam beradi. Kelgusida kompaniyamiz O‘zbekiston hududida boshqa yirik loyihalarda ishtirok etishni rejalashtirmoqda», — deya qo‘shimcha qildi CEEC vakili.

Qurilish uchun quvvati 540 dan 570 Vt gacha bo‘lgan 1 milliondan ziyod quyosh panellari, 57 invertor va 57 mingdan ortiq metall mahsulotlar olib kelingan. Shuningdek, quvvati 220 kVt bo‘lgan podstansiya, ikki transformator va ma’muriy binolar qurildi.

Panellarning o‘ziga xosligi — quyosh harakatiga avtomatik ravishda moslashish qobiliyatidir. Elektr energiyasi ishlab chiqarish tugaganidan so‘ng, taxminan soat oltilarda, panellarni avtomatik tozalash jarayoni boshlanadi.

Ayni paytda, fotoelektr stansiyasi O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlariga 926 million kVt·soat elektr energiyasini uzatgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling