Valyuta kurslari 04/01/2025
$1 – 12915.18
UZS – 0,08%
€1 – 13291.01
UZS – -1,13%
₽1 – 115.31
UZS – -8,85%
Qidirish
Iqtisod 01/01/2025 Qarzi bor tadbirkorlar elektr energiyasidan uzib qo‘ymaslik rejalashtirilmoqda

Qarzi bor tadbirkorlar elektr energiyasidan uzib qo‘ymaslik rejalashtirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda tadbirkorlarning qarzdorligi holatida elektr energiyasidan uzib qo‘yish amaliyotini bekor qilish rejalashtirilmoqda.

Bunday tashabbus Prezidentning «Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar yaratish va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida ishlab chiqilgan «yo‘l xaritasi»da belgilangan.

Hujjatda elektr energiyasidan samarasiz foydalanish uchun moliyaviy va ma’muriy javobgarlik mexanizmlarini qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan. Xususan, binolarni yoritish bilan bog‘liq masalalarda resurslarni behuda sarflash tushunchasi va tadbirkorlik subyektlari faoliyatining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi.

Asosiy yangilik sifatida elektr energiyasini uzib qo‘yish o‘rniga qarzni bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish taklifi ilgari surildi.

Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqish bilan Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanish ustidan nazorat inspeksiyasi, Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasi shug‘ullanadi.

Hujjat bo‘yicha ishlarni 2025-yil mart oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling