Qarshida is gazidan zaharlangan erkak va uning uch farzandi vafot etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida erkak kishi va uning uch nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etdi.
17-dekabr kuni ertalab 46 yoshli erkak, uning o‘g‘li va ikki qizining jasadlari o‘z uylarida topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, is gazi zamonaviy isitish qozonining moridan chiqib, umumiy ventilyatsiya tizimiga kirgan. Qozon uyning yerto‘lasida o‘rnatilgan bo‘lgan.
Hodisa bo‘yicha prokuratura tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.