"Qamchiq" dovonida sodir bo‘lgan holat to'g'risida ma'lumot
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 7-iyun kuni 17:04 da "Qamchiq" dovoni hududidan o'tgan A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 137,7 kilometrda "Vodiy-Toshkent" yo‘nalishida kuchli yomg'ir yog‘ishi oqibatida tog‘ yonbag'ridan ma'lum miqdorda sel, toshqin suvlari avtomobil yo‘liga oqib tushganligi bo'yicha navbatchilik qismiga xabar tushgan.
Xabarga ko‘ra, ayni vaqtda voqea joyiga "Qamchiq" maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari va boshqa hamkor tashkilotlar yetib borishgan. Holat bartaraf etilmoqda.
Hozirda tirbandliklarni oldini olish maqsadida Toshkent-Vodiy-Toshkent yo‘nalishida avtomobillar, yo‘lning bir tasmasi orqali harakat qilishmoqda. Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.