Qahramon Sariyev Millatlararo munosabatlar qo‘mitasiga rahbar etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qahramon Sariyev Millatlararo munosabatlar va xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi. Ushbu qo‘mita Madaniyat vazirligi huzurida faoliyat yuritadi.
Qahramon Sariyev bungacha Prezident maslahatchisining kadrlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Qo‘mitaning avvalgi rahbari Rustambek Qurbonov esa boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.