Valyuta kurslari 05/08/2025
$1 – 12621.29
UZS – -0,82%
€1 – 14596.52
UZS – 0,61%
₽1 – 158.44
UZS – -0,13%
Qidirish
O‘zbekiston 24/02/2025 Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-68-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada keng nishonlanadi.

2025 yilgi Navro‘z umumxalq bayramining g‘oyaviy-badiiy konsepsiyasi maʼqullandi hamda bayramga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tasdiqlandi.

Bu yilgi Navro‘z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, keksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama eʼzozlash, “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko‘cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o‘tkazishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling