Valyuta kurslari 25/04/2025
$1 – 12927.17
UZS – 0,29%
€1 – 14717.58
UZS – -0,02%
₽1 – 155.73
UZS – -0,2%
Qidirish
O‘zbekiston 02/04/2025 Prezidentimiz Samarqandga keldi

Prezidentimiz Samarqandga keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammiti tadbirlarida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Bugun davlatimiz rahbari Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Ertaga sammitda ishtirok etadigan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

4-aprel kuni Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tadi.

#Shavkat Mirziyoyev  
Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling