Valyuta kurslari 08/07/2025
$1 – 12676.73
UZS – 0,56%
€1 – 14874.87
UZS – 0,17%
₽1 – 161.03
UZS – 0,73%
Qidirish
O‘zbekiston 25/04/2025 Poytaxt hokimligida Shanxay delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Poytaxt hokimligida Shanxay delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahar hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat guruhi rahbari Shuhrat Turdikulov Xitoyning Shanxay shahri nazorat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Shi Tao rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, tarixiy va bugungi aloqalar haqida fikr almashildi. Tomonlar Toshkent va Shanxay birodar shaharlar ekanini ta’kidlab, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligini qayd etdilar.

Muloqot davomida ikki davlatdagi korrupsiyaga qarshi kurash tizimlari, ularning faoliyati va samaradorligini oshirish bo‘yicha mexanizmlar muhokama qilindi. Shuhrat Turdikulov Xitoyning ushbu yo‘nalishdagi boy tajribasini yuqori baholab, o‘zaro tajriba almashish bu boradagi ishlarni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling