Valyuta kurslari 05/02/2025
$1 – 12998.91
UZS – 0,11%
€1 – 13439.57
UZS – 1,16%
₽1 – 131.29
UZS – 1,12%
Qidirish
Moliya 05/01/2025 17 yoshli “kriptotreyder”ga qarshi jinoiy ish to‘xtatildi

17 yoshli “kriptotreyder”ga qarshi jinoiy ish to‘xtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoroda kriptovalyuta bilan noqonuniy savdo qilganlikda ayblangan 17 yoshli o‘smirga qarshi jinoiy ish to‘xtatildi, deb xabar berdi sobiq deputat Rasul Kusherbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sud yigitning chin dildan tavba qilgani, jamiyat uchun xavf tug‘dirmasligi va tergov bilan faol hamkorlik qilganini inobatga olgan.

Natijada, yigit kriptovalyuta operatsiyalari uchun Binance platformasida foydalangan iPhone 15 Pro Max telefonini qaytarib oldi.

Kusherbayev tergov organlari bunday ishlarni majburiy sud ta’qibisiz to‘xtatish huquqiga ega ekanini qayd etib, bu holat insonparvar yondashuvning namoyon bo‘lishi ekanini ta’kidladi.

"Tergovchini bunday insoniy yondashuvi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Endi bu yigit jinoyatchi emas, balki qahramon", — deya qo‘shimcha qildi deputat.

Oldinroq, maktab o‘quvchisi kriptovalyuta kurslaridagi o‘zgarishlardan foydalangan holda taxminan 34 milliard so‘m daromad topgani haqida xabar berilgandi.

Bu holat huquq-tartibot organlarining e’tiboriga tushib, uning aktivlari hibsga olingan va kriptovalyutalar bilan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutuvchi 278-8-modda asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling