O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan akkumulyatorlar uchun majburiy raqamli markirovka joriy etiladi
O‘zbekistonda 2026 yil 1 yanvardan akkumulyatorlar uchun majburiy raqamli markirovka joriy etiladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda TIF TN 8507102002 va 8507102003 kodlari bilan belgilangan elektr akkumulyatorlari uchun majburiy raqamli markirovka talabi joriy etiladi.
Yangi talablar kuchga kirishi munosabati bilan ushbu mahsulotni ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi korxonalar belgilangan tartibda «Asl belgisi» milliy axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tishi, ishlab chiqarish jarayonlarini zarur texnik va boshqa uskunalar bilan jihozlashi, shuningdek ishlab chiqarilayotgan yoki olib kirilayotgan mahsulotlar uchun raqamli markirovka kodlarini olishni taʼminlashi shart.
Shu bilan birga, raqamli markirovkalangan mahsulotlar bilan chakana savdo qiluvchi tadbirkorlik subyektlari uni o‘qish uchun maxsus qurilmalar – 2D-skanerlar yoki boshqa maxsus qurilmalardan foydalanishi majburiy ekani qayd etilgan.
Bunda 2D-skanerlarni xarid qilish bilan bog‘liq soliq imtiyozlari nazarda tutilgani, ular majburiy raqamli markirovka tizimini joriy etish davrida biznes uchun moliyaviy yukni kamaytirishga qaratilgani alohida taʼkidlangan.