Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Misr Arab Respublikasining elchisi Tamir Hammad bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy almashinuvni faollashtirish va ilgari erishilgan kelishuvlarning ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, 2025-yil uchun rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar ham muhokama qilindi.