O‘zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Qatarga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Prezidenti Qatarga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Qatarga jo‘nab ketdi / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 3-noyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, davlatimiz rahbari Doha shahrida Ijtimoiy rivojlanish bo‘yicha ikkinchi Jahon sammitida ishtirok etadi. 

Shuningdek, oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.