O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Janubiy Koreyalik investorlar Namanganda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

UzDaily · 31.10.2025 · 12:15 · 1592 views
Janubiy Koreyalik investorlar Namanganda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Janubiy Koreyalik investorlar Namanganda yirik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Janubiy Koreyaning qurilish sohasida dunyoga mashhur ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya viloyatimizga keldi.

Mehmonlarni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qabul qildi.

Namangandagi o‘zgarishlarni eshitib, qiziqish bilan keldik, bu go‘zal zaminda yirik loyihalarni amalga oshirmoqchimiz, - dedi "The Washington Times" fondi direktori Yang Chang Shik. Delegatsiyamiz tarkibida “Lotte” korporatsiyasi direktorlar kengashi aʼzosi Li Song Xun, "PDI Design Group" arxitektura va loyihalashtirish kompaniyasi direktori Xyu Stefan Singxve, "De Catle industries" qurilish kompaniyasi direktori Cho Kve Yun kabi qurilish sohasida tajribali tadbirkorlar bor.

O‘zaro muloqotda “Yangi Namangan shaharchasi”da Janubiy koreyalik investorlar tomonidan amalga oshiriladigan loyiha muhokama qilindi. Bu yerda xorijiy hamkorlar  yangi turarjoy majmuasi, mehmonxona bunyod etishni rejalashtirgan.

Uchrashuvda hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihani hayotga tadbiq etishga tezroq kirishish yuzasidan kelishib olindi.

UzDaily · 👁 1592 views · 31.10.2025 · 12:15