O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Bo‘stonliq tumanida tiyonshon qo‘ng‘ir ayig‘i o‘lik holda topildi

UzDaily · 30.09.2025 · 09:26 · 1845 views
Bo‘stonliq tumanida tiyonshon qo‘ng‘ir ayig‘i o‘lik holda topildi

Bo‘stonliq tumanida tiyonshon qo‘ng‘ir ayig‘i o‘lik holda topildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida ijtimoiy tarmoqlarda xabar qilingan qo‘ng‘ir ayiqning o‘limi tasdiqlandi.

Hududiy ekologiya boshqarmasi maʼlumoticha, voqea joyiga tuman ekologiya bo‘limi mutaxassislari va Burchmulla davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari chiqishgan.

Tekshiruv natijasida maʼlum bo‘lishicha, tiyonshon qo‘ng‘ir ayig‘iga mansub jonzot “Qoraңgӣ-to‘qay” o‘rmon xo‘jaligining “Chuloqmergan” uchastkasida halok bo‘lgan. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ayiq taxminan 70–80 metr balandlikdan jar yoqasidan ag‘darilib tushgan.

Ayiqning jasadi ekspertiza yakuniga qadar vaqtincha Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida saqlanmoqda.

Natijalar olingandan so‘ng mutaxassislar voqeaga huquqiy baho berishadi.

UzDaily · 👁 1845 views · 30.09.2025 · 09:26