Valyuta kurslari 07/07/2025
$1 – 12606.73
UZS – 0,39%
€1 – 14849.47
UZS – 0,27%
₽1 – 159.86
UZS – 0,26%
Qidirish
Moliya 02/07/2025 O‘zbekistonning mikromoliya sektorida muammoli kreditlar ulushi 4 foizga yetdi

O‘zbekistonning mikromoliya sektorida muammoli kreditlar ulushi 4 foizga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil iyun oyi boshiga O‘zbekistonda 118 ta mikromoliyaviy tashkilot (MMT) faoliyat ko'rsatayotgandi, yil boshida esa ularning soni 100 tani tashkil etgan edi.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, besh oy davomida MMTlarning jami kredit portfeli 7,5 trlndan 9,1 trln so‘mga oshgan.

Kredit portfeli hajmi bo‘yicha yetakchi tashkilot “TezCoin“ bo‘lib, uning ko‘rsatkichi 2,2 trln so‘mni tashkil qilgan (N/A).

Undan keyingi o‘rinlarda “Shaffof-moliya“ — qariyb 2,1 trln so‘m (+33,0% y/y) va “Fortuna Business“ — 1,0 trln so‘m (+5,0% y/y) bilan joy olishgan.

Besh oy davomida sektor bo‘yicha muammoli kreditlar (NPL) ulushi 2,4% dan 4,0% gacha oshgan, ularning mutlaq hajmi esa 181,0 mlrddan 365,2 mlrd so‘mga yetgan.

NPL darajasi eng yuqori bo‘lgan MMT sifatida “G‘ijduvon“ ajralib turgan — 35,5%.

Shuningdek, quyidagi tashkilotlarda ham muammoli kreditlar darajasi yuqoriligi qayd etilgan: “Kreditomat Toshkent“ (33,7%), “Istiqbol Invest Group“ (32,2%), “Chust RIR“ (31,5%), “Kafolat Kredit“ (28,6%) va “Lime“ (28,5%).

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling