Valyuta kurslari 20/12/2024
$1 – 12875.06
UZS – 0,1%
€1 – 13406.80
UZS – -0,67%
₽1 – 124.75
UZS – -0,57%
Qidirish
Iqtisod 29/11/2024 "Sohar International" banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

"Sohar International" banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2024-yil 28-noyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi rahbariyati "Sohar International" banki hamda "O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi" vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Sohar International - 2007-yilda tashkil etilgan O‘mon bank muassasasi. Bank jismoniy va yuridik shaxslarga bank yechimlarini, jumladan hisoblar va omonatlar, kreditlar, sug‘urta va kapital boshqaruvini taklif etadi.

O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi (OUIK) - O‘zbekistonda 2010-yildan beri faoliyat yuritayotgan xalqaro investitsiya kompaniyasi. Kompaniyaning asosiy vazifalari: kapitalning uzoq muddatli o‘sishiga erishish, O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish hamda O‘mon Sultonligi va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan iborat.

Tadbirda O‘mon Sultonligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vafa Jabr Nasser al-Busaidiy, "Sohar International" banki boshqaruvi raisi Ahmad Al Musalmi, "O‘zbek-O‘mon investitsiya kompaniyasi" bosh direktori Umar Bahrom va boshqa vakillar ishtirok etdilar. O‘zbekiston tomonidan Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Jasur Karshibayev qatnashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatga oid keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar. Bunda milliy iqtisodiyotning joriy holati va asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahliliga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ishtirokchilar moliya sohasidagi hamkorlikning hozirgi yo‘nalishlarini, hamda sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. O‘zbekiston bank sektorini isloh qilish masalalari hamda moliya va investitsiyalar sohasidagi umumiy tendensiyalarga alohida e’tibor berildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha muloqot va birgalikdagi ishlarni davom ettirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling