O‘zbekiston va O‘mon hamkorlikni mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan O‘mon tashqi ishlar vaziri Sayid Badr bin Hamad al-Busaydiy keldi. Uni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov qabul qildi.
Saidov o‘z nutqida O‘zbekiston va O‘monni chuqur tarixiy rishtalar bog‘lab turayotgani hamda islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi katta ekanini taʼkidladi.
"Biz barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga intilamiz. Bugun sheriklikni rivojlantirish va ikki tomonlama munosabatlarga yangi surʼat berishga qaratilgan bir qator tashabbuslarni muhokama qildik", — deb yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Tomonlar shuningdek, joriy yilning may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan "Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi – Markaziy Osiyo" Strategik muloqoti sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi.
"Ikki tomonlama kun tartibi turli darajalardagi tadbirlar bilan boyitilmoqda, va biz o‘zaro aloqalarni yana-da kengaytirish uchun faol harakat qilishga kelishib oldik", — dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.