O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

YEI Uzstanex kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi

UzDaily · 25.02.2025 · 00:15 · 862 views
YEI Uzstanex kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi

YEI Uzstanex kompaniyasiga sanksiyalar joriy qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Uzstanex kompaniyasi Yevropa Ittifoqi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

24 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Ukrainadagi harbiy nizo boshlanganining uch yilligi munosabati bilan 16-sanksiyalar paketini eʼlon qildi. Ushbu yangilangan ro‘yxatga O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasi ham kiritilgan.

Uzstanex, Dmitriy Boysovga tegishli bo‘lib, mexanik uskunalarning ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.

Avvalroq, oktyabr oyida bu kompaniyaga nisbatan AQSH sanksiyalari, noyabrda esa Buyuk Britaniya sanksiyalari joriy qilingan edi.