Valyuta kurslari 14/03/2025
$1 – 12938.11
UZS – 0,14%
€1 – 14076.66
UZS – -0,18%
₽1 – 149.99
UZS – 0,31%
Qidirish
Iqtisod 20/02/2025 Saneg Andijon viloyatida quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi

Saneg Andijon viloyatida quyosh elektr stansiyasini ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Saneg kompaniyasi Andijon viloyatidagi "Xo‘jaobod" fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishining birinchi bosqichini yakunladi. Loyiha kompaniyaning qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Birinchi bosqichda stansiya quvvati 3 MVt (DC) ni tashkil etadi. Loyiha doirasida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ta’minlaydigan 5 mingta quyosh panellari, shuningdek, uni o‘zgartirish va tarmoqqa uzatish uchun 20 ta invertor transformator podstansiyalari o‘rnatildi.

Ushbu bosqichda kutilayotgan yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 6 million kVt/soatni tashkil etadi. Olingan energiya kompaniyaning ishlab chiqarish obyektlari va viloyat infratuzilmasini ta’minlash uchun ishlatiladi.

"Xo‘jaobod" FESning birinchi bosqichi ishga tushirilishi energetika loyihalarimizni rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Ushbu inshoot qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqarish va mintaqada quyosh generatsiyasi salohiyatini namoyish etish imkonini beradi. Yaqin vaqt ichida FESning ikkinchi bosqichini ishga tushirish rejalashtirilgan, u stansiyaning quvvatini 5 MVt gacha oshiradi", – dedi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling