O‘zbekistonda Komil Allamjonovga suiqasd ishi bo‘yicha hukm o‘qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida fuqaro Komil. Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud hukmi eʼlon qilindi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudida fuqaro K. Allamjonovga uyushtirilgan suiqasdga oid jinoyat ishi doirasida 10 nafar shaxsga nisbatan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.
Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq Shuhrat Rasulovga 23 yil, Djavlan Yunusovga 18 yil 6 oy, Shoxrux Axmedovga 23 yil, Ismoil Jahongirovga 23 yil va Doniyor Tashxodjayevga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Qolgan 5 nafar sudlanuvchiga qilmishiga muvofiq ravishda turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.
Doniyor Tashho‘jayev Toshkent shahar IIV boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan sobiq mansabdor shaxs ekanligi taʼkidlandi.
Suiqasd 26 oktyabr kuni kechasi Qibray tumanida sodir bo‘lgan. Nomaʼlum shaxslar Komil Allamjonov o‘tirgan Range Rover avtomashinasiga o‘t ochgan. Shuningdek, Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritgan sobiq xodim ekani aytildi.
Hujum natijasida avtomashinada bo‘lganlar, jumladan, haydovchi jabrlanmagan. Hujum qilgan shaxslar voqea joyidan qochib ketgan.
Bu ish jamoatchilik eʼtiboriga tushib, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jiddiy nazoratga olingan edi.