Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston va Iordaniya hamkorlikni mustahkamlamoqda: ikki muhim bitim imzolandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Iordaniya tashqi ishlar vazirlari muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Hujjatlarga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Iordaniya Bosh vazir o‘rinbosari, tashqi ishlar va muhojirlar ishlari vaziri Ayman Safadiy imzo chekdi.
Uchrashuv doirasida tomonlar diplomatik pasport egalarini vizadan ozod qilish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvga erishdilar.
Bundan tashqari, 2025–2027-yillarga mo‘ljallangan ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik rejasi tasdiqlandi.