Valyuta kurslari 23/05/2025
$1 – 12904.51
UZS – -0,26%
€1 – 14575.64
UZS – -0,61%
₽1 – 161.99
UZS – 0,55%
Qidirish
Iqtisod 02/02/2025 Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tugatiladi.

Ipakchilik qo‘mitasining vazifa va funksiyalari quyidagi qo‘mita va vazirliklarga o‘tkaziladi:

yaylovlarni boshqarishga oid vazifa va funksiyalari – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasiga;

pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga oid vazifa va funksiyalari – Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekipaksanoat” uyushmasiga;

Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – Veterinariya qo‘mitasi tizimiga;

Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti – Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling