Valyuta kurslari 27/12/2024
$1 – 12920.48
UZS – -0,06%
€1 – 13436.01
UZS – -0,19%
₽1 – 130.17
UZS – 0,39%
Qidirish
Iqtisod 06/11/2024 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 5-noyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Dilshod Rasulov hamda Ozarbayjon Respublikasining Iqtisodiyot vazirligining Iqtisodiyot ilmiy-tadqiqot instituti boshqaruv raisi Shaxin Sadigov boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi hamda "Uzum Market" MCHJ vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar ishtirokida O‘zbekiston hamda Ozarbayjon o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash hamda ikki mamlakat tovarayirboshlash hajmini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan qator masalalar hamda takliflar muhokama qilindi.

Jumladan, Ozarbayjonning Iqtisodiy islohotlarni tahlil qilish va kommunikatsiya markazning "Azexport" portali tomonidan yaratilgan elektron ko‘rgazmalar zali platformasiga O‘zbekiston ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini qo‘shish va elektron stend tashkil etish, shu bilan birga, O‘zbekiston va Ozarbayjon davlati mahsulotlari eksportini rivojlantirish maqsadida ikki mamlakat hududida O‘zbekiston hamda Ozarbayjon korxonalari bilan hamkorlikda qo‘shma xorijiy korxonalar tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Yuqorida qayd etilgan takliflar bo‘yicha Ozarbayjonning Iqtisodiy islohotlarni tahlil qilish va kommunikatsiya markazning "Azexport" portali rahbari Ayxan Gadashov tomonidan loyihani amalga oshirish hamda platformaning ishlash jarayoni aks ettirilgan taqdimot namoyish etildi.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muhokama qilingan loyihani amalga oshirish va qo‘shma korxonalar tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqish hamda ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling