Valyuta kurslari 08/05/2025
$1 – 12910.15
UZS – -0,11%
€1 – 14660.77
UZS – 0,27%
₽1 – 159.78
UZS – -0,1%
Qidirish
Iqtisod 20/01/2025 Ittihad Investment Central Asia Holding Chorsu Real-Estate Development kompaniyasini sotib oladi

Ittihad Investment Central Asia Holding Chorsu Real-Estate Development kompaniyasini sotib oladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan Birlashgan Arab Amirliklarining “Ittihad Investment Central Asia Holding Ltd” kompaniyasining “Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XKning 100 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

“Ittihad Investment Central Asia Holding Ltd” — 2008-yilda tashkil etilgan maxsus maqsadli xolding faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot. Faoliyati davomida u butun dunyo bo‘ylab 20 dan ortiq portfel kompaniyasiga sarmoya kiritgan. 2023-yilda kompaniyaning aylanmasi 2,8 milliard dollarni, eksport hajmi 2 milliard dollarni, investitsiyalar esa 1,4 milliard dollarni tashkil etdi.

Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelindi va arizani qanoatlantirish va bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.

“Chorsu Real-Estate Development” MCHJ XK turar-joy binolarini qurilishi bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling