POSITIVE TM Red Bull Four 2 Score milliy finalida g‘olib bo‘ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 27 aprel kuni Toshkentda 4 na 4 formatda o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro ko‘cha futbol musobaqasi — Red Bull Four 2 Score milliy finali bo‘lib o‘tdi.
Jamoalar darvozabonlarsiz, kichik maydonda va o‘ziga xos gol hisoblash tizimi bo‘yicha o‘ynashdi. Milliy chempion unvoniga POSITIVE TM jamoasi sazovor bo‘ldi. Endi ular shu yil sentyabr oyida Avstriyada bo‘lib o‘tadigan jahon finalida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Red Bull Four 2 Score — bu 4 na 4 formatdagi mini-futbol turniri bo‘lib, o‘yinlar 10 daqiqa davom etadi, tanaffus va darvozabonlarsiz. Musobaqaning eng o‘ziga xos jihati — gollarni hisoblash tizimi: o‘yinning ilk va so‘nggi 60 soniyasida uritilgan gollar jamoaga 2 ochkodan olib keladi.
Bu yil chempionat 25 dan ortiq davlatda o‘tkazilmoqda. Milliy chempionlar o‘z mamlakatini sentyabr oyida Avstriyaning Zalsburg shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon finalida taqdim etadi. O‘zbekistonda g‘alabaga POSITIVE TM jamoasi erishdi — ular musobaqa boshidanoq asosiy favoritlardan biri hisoblanardi. Final uchrashuvida ular mashhur YouToo1 jamoasini 3:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etdi.
Eng yaxshi jamoa nomini qo‘lga kiritish uchun jami 63 jamoa bellashdi. Turnir Toshkent shahridagi Yunusobod sport majmuasida tashkil etildi. Endi g‘olib jamoa Red Bull Four 2 Score jahon finalida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
«Emotsiyalar aʼlo darajada! Juda xursandmiz. Finaldan tashqari, “PROGRESS” jamoasiga qarshi o‘yin juda maʼnaviy og‘ir kechdi», — deydi POSITIVE TM jamoasi aʼzosi, 25 yoshli Ruslan Veklik. — «Bugun chempionlikka erishdik, endilikda jahon finalida bayrog‘imizni faxr bilan himoya qilamiz!»
Red Bull Four 2 Score turli darajadagi futbolchilar uchun qiziqarli va dramatik musobaqada ishtirok etish imkonini beradi. Zalsburgdagi jahon finalida butun dunyodan kelgan eng yaxshi jamoalar Red Bull Zalsburg klubining uy arenasida to‘qnash keladi.