Polsha Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 5-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Polsha Tashqi ishlar vazirligining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Vitold Sobkov va Polsha Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sharq departamenti direktori o‘rinbosari Marek Tsalka bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida Afg‘oniston yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash kontekstida O‘zbekiston-Polsha hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar afgʻon kelishuvi masalalari boʻyicha tizimli va konstruktiv muloqotni davom ettirishdan oʻzaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi va muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirishga kelishib oldi.